Payshanba, 1:16 PM
 
Xush kelibsiz Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
Romantika deganda nimani tushunasiz?
Jami javoblar: 656
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
Cherry(35)
 
Bosh sahifa » Sevgi muhabbat
Amallab chidayman rashkka, azobga
Peshonada  borin  ko`raveraman.
Birov tutib o`tar qo`llaringizdan,
Menday sevmas-ku deb yuraveraman.
Amallab ko`naman, buyog`i taqdir ,
Ilojsiz jilmayib turaveraman.
"Menday sevarmikan"-o`ylanaSIZ
Men qo`llaridan tutib turaveraman.
 
Ko'rsatilgan yordam uchun Islom Achilovga minnatdorchilik bildirib qolamiz!
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1833 | Joylangan sanasi: 09-04-2008 | Reytingi: 0.0/0

Sevgimni yo'qotsam o'laman derlar.
Lek chindan aytadi bu gaplarni til
Birini yo'qotmay turib boshqasin
Sevgancha oshiqlar yasharlar yuz yil!
Muxabbat bog'iga tashlab bir nigox
Xayolim yo'qotdim, aqlim parishon.
Sevmagan qalblarni etayin ogox,
Zanjirband qul kabi yuribman xamon!
Pora-pora bo'lgan qalbimni
Rashk o'tiga qovurding jonim,
Alamlardan ziravor solib,
Sirka misol ishlatding qonim...
Ginalardan yozib dasturxon,
Armon qo'shib tortding ... Davomini o'qish »
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2070 | Joylangan sanasi: 09-04-2008 | Reytingi: 0.0/0

Dudog`ngda qolgan xarir bo`salar,
Nahot yot lablarda titrab so`ladi?
Ohudek hurkarding qo`lingdan tutsam,
Sochingni silasam- uyat bo`ladi.

Armon - poyimizga to`shalgan gilam.
Faqat dilda qayg`u ko`zlarda so`roq.
Olisdan yonma yon ko`ringan bilan,
Ikki yulduz misol oramiz yiroq.

Bir iliq so`zga ham yetmas imkonim,
Ko`nglim bo`shab  borar, o`pkam to`ladi.
Yig`la, senga yig`i yarashar jonim,
Men ham yig`lay desam, UYAT BO`LADI.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2073 | Joylangan sanasi: 03-04-2008 | Reytingi: 5.0/1

Endi oromingni buzmasman also,
Sevgi bog`in etaylik sayr- demayman.
Balki qaytmas bo`lib ketarman, ammo
Bilib qo`y men senga xayr demayman.
Hali uchrashamiz...
 
Ko'rsatilgan yordam uchun Islam Ochilovga minnatdorchilik bildirib qolamiz!
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1851 | Joylangan sanasi: 30-03-2008 | Reytingi: 0.0/0

Nahotki ko`rmasam yonigda o`zim,
So`nggi bor termulib aytsam alvido,
Yig`lama yashashdan to`ymasa ko`zim,
Quvnab yur, axir bu - O`TKINCHI DUNYO
 
Ko'rsatilgan yordam uchun Islam Ochilovga minnatdorchilik bildirib qolamiz!
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1869 | Joylangan sanasi: 30-03-2008 | Reytingi: 0.0/0

Men hamon yasharman hotira kezib.
Mungli ko'zlaringiz hayolan chizib.
Bebosh hayollarim ketdilar to'zib.
Siz esa behabar, hech eslamaysiz...

Men hamon eslayman so'zlaringizni
O'tmishdan qidirib yollarimizni
Hazondan qidirib izlarimizni..
Siz esa behabar, buni bilmaysiz...
 
Dilimni kuydirdi achchiq ta'nalar
Qalbimni to'ldirdi sonsiz armonlar
Yuragimdan toshdi befoyda so'zlar,
Siz buni bilmaysiz, buni sezmaysiz...
Mening qismatim bu ... Davomini o'qish »
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1821 | Joylangan sanasi: 22-03-2008 | Reytingi: 0.0/0

Men tush ko'ribman
Tong otayotganmish,
Nafis, mayin tiniqlik
Borliqni ohista
Uyg'otayotganmish.

Bitishik turarmish yer bilan osmon
Jildirab oqarmish ipakdek nurlar,
Men esa raqs tusharmishman,
Atrofimda go'zal hurlar.

Ko'kda dengiz shovullar emish,
Zamin uzra yulduzlar to zg ib
Tovlanarmish zumrad singari,
Mayin titrar emish yuragim
Har tekkanda mo'jaz saharning
Serin lablari.
Lekin nedandir, ne ... Davomini o'qish »
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1894 | Joylangan sanasi: 22-03-2008 | Reytingi: 4.0/1

Yurak sendan so'rayman hamon
Tushunolmay qoldim o'zimga
Ruhiyatim sezgandek osmon
Tor ko'rinar dunyo kozimga........ 
Do'stlarni ham hushlamaydi dil
Hamma hayron aytgan so'zimga
Zavqlanmaydi negadir ko'ngil
Tor ko'rinar dunyo ko'zimga.......
Qanday ajib g'alati dunyo
Qalam yiglar ohu bo'zimga
Orzularim bo'ldi bir ro'yo
Tor ko'rinar dunyo ko'zimga.......
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1850 | Joylangan sanasi: 22-03-2008 | Reytingi: 0.0/0

Qaniydi, osmonga uchib ketsaydim,
Yulduzlar zavqimni topib berolsa.
Ketsaydim samoga qaytib kelmasam,
O’z ahdim bahtimni topib berolsa.

Osmonda armondan olmasdim nafas,
Men yerga jafoni tashlab ketardim.
Kersam, makoniga sirdoshim oyni,
Va yerdan vafoni olib ketardim.

Qaniydi dengizga sho’ng’ib ketsaydim,
Qumlar sabr-toqat o’rgata olsa.
Quvsam makonimdan yovuzliklarni
Va qolsa yonimda,e’zgulik qolsa.

Qaniydi bulutdek erkin bo’lolsam,
Dard ma ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1960 | Joylangan sanasi: 17-03-2008 | Reytingi: 0.0/0

Qo’ymadim orzular jilovin tortib,
Kundan kun borasan ko’nglimga botib,
Armonga aylangan shirin orzuim
Meni sevolmading… o’zingdan ortib.

Tunlar og’ushida o’ylayman yig’lab,
Seni deb, o’zimni bag’rimni tig’lab,
Butun hayotimni oldinku bog’lab,
Meni sevolmading… o’zingdan ortib.

Maqtadim men seni lablaring ol deb,
Achchiq bir so’zingdan achchiqroq bol deb,
Aytmading bir bora, yonimda qol deb
Meni sevolmading… o’zingdan ortib.

Eslayman, har kuni ba ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2305 | Joylangan sanasi: 17-03-2008 | Reytingi: 0.0/0

« 1 2 ... 27 28 29 30 31 ... 45 46 »
JET Servis Хостинг от uCoz