Dudog`ngda qolgan xarir bo`salar, Nahot yot lablarda titrab so`ladi? Ohudek hurkarding qo`lingdan tutsam, Sochingni silasam- uyat bo`ladi.
Armon - poyimizga to`shalgan gilam. Faqat dilda qayg`u ko`zlarda so`roq. Olisdan yonma yon ko`ringan bilan, Ikki yulduz misol oramiz yiroq.
Bir iliq so`zga ham yetmas imkonim, Ko`nglim bo`shab borar, o`pkam to`ladi. Yig`la, senga yig`i yarashar jonim, Men ham yig`lay desam, UYAT BO`LADI.
Ko'rsatilgan yordam uchun Islom Achilovga minnatdorchilik bildirib qolamiz!
|