Men tush ko'ribman Tong otayotganmish, Nafis, mayin tiniqlik
Borliqni ohista Uyg'otayotganmish.
Bitishik turarmish yer bilan osmon Jildirab oqarmish ipakdek nurlar, Men esa raqs tusharmishman, Atrofimda go'zal hurlar.
Ko'kda dengiz shovullar emish, Zamin uzra yulduzlar to zg ib Tovlanarmish zumrad singari, Mayin titrar emish yuragim Har tekkanda mo'jaz saharning Serin lablari.
Lekin nedandir, ne sababdandir Ko'nglim emish yarim, Rangim zafaron Nenidir izlar emish Ko'zlarim.
Sohta tuyularmish butun manzara Va kimdir yashirin Meni qilar emish Masxara.
Hiringlarmish qandaydir bir sir Ko'zlarimning ichiga boqib. Men sekin payqabman Bu ko'rganlarim- Muzlatib qo'yilgan Qalbaki tasvir
Men sekin farqlabman Bu tongning Chiqajak Quyoshi Yo qligin
Tush ko'ribman Men tushlarimda Quyoshni Ahtarib Yuribman
|