Yuragimni ho'p aldading ey bag'ritosh,
Yolg'on sevgi karvonida yurib toldim.
Hijroningda kuyib yondim-ku qaro qosh,
Muhabbatning ayvonida yolg'iz qoldim.
Tor ko'changga borolmayman ko'ngil hushlab,
Yurolmayman senla birga qadam tashlab,
Kuydirding-ku yuragimni qo'lim ushlab,
Muhabbatning ayvonida yolg'iz qoldim.
Kategoriya:
Sevgi muhabbat |
O'qishlar soni: 2003 |
Joylangan sanasi:
08-01-2014
| Reytingi: 0.0/0