Seshanba, 8:23 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
Bizning portal haqida qayerdan bildingiz?
Jami javoblar: 552
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2014 » Mart » 16 » Yetim bola sevgisi
Yetim bola sevgisi
Inkor etding sevgimni suluv,
Qarab qoldim ko'zingga mungib.
Dilda achchiq alamlar tuyib,
Iztirobga ketdim-ku sho'ng'ib.

Men xayoli sevibman nechun,
Dilni yoqib otash bag'rida.
Ado bo'ldi yuragim butkul,
O'sha tanish g'amlar qa'rida.
 
O'tib ketdi bolalik fasli
Chin mehrga entikib ko'ngli.
Mana, keldim, bahor fasliga,
Tag'in ko'nglim bunchalar mungli.

Bahor fasli bunchalar so'lim,
Buncha shirin uning havosi.
Ammo mening ozurda ko'nglim,
Bahorimda qishning nafasi.
 
Kerak edi bir go'zal mehr,
Kerak edi suyguvchi yurak.
Nahot menga hamrohdir qayg'u,
Nahot menga muhabbat ertak.

O'ylardim-ki bahor faslida,
Gul hididan yashnaydi dilim.
Xayol ekan o'yim aslida,
Oshyon ekan qayg'uga ko'nglim.

Kutgan edim sendan muruvvat,
Tuyg'ularim yanchib yubording.
Toshdanmikan yuraging sening,
Yetimligim betimga solding.

O'tlar tushsin sevgingga sening,
O'tlar tushsin muhabbatga ham.
Agar shunday kibrli bo'lsa,
Quvonch emas in'om etsa g'am.
 
Bilsang edi, ey, qaddi Osmon,
Sen-chun qancha zaharlar yutdim.
Sen-chi bugun o'zimga o'xshab,
Sevgimni ham qoldirding yetim.

Shu ekan-da dunyning ishi,
Kemtik ko'ngil zulmatga mahkum.
Hech tinmaskan uning ko'z yoshi,
Bir umrga mehrdan mahrum.

Unutaman seni batamom,
Sen g'ammiding g'arib dilimga.
Buyuk sevgi qo'msaydi ko'nglim,
Arzimaysan nafis gulimga.

Jilmayib men endi dunyoga,
Baxtim topgum mana ko'rasan.
Ko'r hassasin qidirganidek,
Izlarimni izlab yurasan.

Ket qoshimdan, nari ketgin bas,
Kuydirmoqda ko'ksimni olov.
Umidlarim ermaklar etib,
Inkor etding sevgimni suluv. 
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2007 | Yubordi: Hamroqul | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz