Vatanimsan | 10:59 PM |
Ona o’lkam diyorimsan, g’ururimsan vatanim, Bilak kuchim, qalb qo’rim,
shuurimsan vatanim. Sening madhingni kuylab, zavq olar mening tanim, Ishda
g’oya ishorim, ko’ nurim vatanimsan.
Tuproqlaring serhosil, oltinga etgum
qiyos, Mehnatkashxalqim border,diyonatli beqiyos. Shaharlaring serjilo,
ko’rganlar qilar havas, Tengi yo’q bu zaminda, mehribon
vatanimsan.
Temir yo’llar yastanib, oshdi tog’lar belidan, Olim,
shoir, daholar, qalam tushmas qo’lidan. Dono yurtdoshimiz bor, xabardor el
holidan. Boshingda gul tojing bor, tabarruk vatanimsan.
Har davlatda
hilpirar,sening elchi bayrog’ing, Do’stlaring ko’paymoqda, gullayapti har
yog’ing. Bu dunyoning jannati, yashnagan gul oshyoning. Jannatimsan ham
fahrim, sevikli vatanimsan.
Shaharlar ko’rkiga butun olam
qoyil-da, Kelgan qancha sayyohlar, zavqlar qilar saylda. Ajdodlarning
qabriga marmar toshlar qo’yildi, Har ishim yarashiqli, sen mening
vatanimsan.
Ibn Sino, Beruniy, al-Xorazmiy, Matrudiy, Bahouddin
Naqshband, Amir Temur, Termiziy. Ulug’bek,Xo’ja Asror, Olloyor,
al-Beruniy, Ulug’larni yetkazgan, sen mening vatanimsan.
Shoiringman
ey vatan,men madhingni kuylayman, O’zbekiston nomingni qalb to’riga
joylayman. Olim,daholaringni hurmatlayman, siylayman, Jonajon ona yurtim,
bebaho vatanimsan.
|
Kategoriya: Turli hil mavzular |
O'qishlar soni: 2422 | Yubordi: Do'stmurod Normurodov |
Joylashtirdi: JET
| Reyting: 0.0
|