Ko'kda uchgan samolyot | 10:54 PM |
Ko'kda uchgan samolyot, Kel yonimda pastlab o't. Chet elda ishlar
dadam, Unga xatim tashlab o't.
O'tib ketdi besh yil ham, Yetib
qoldi-ku bo'yim. Hayhot endi otamsiz, O'tib ketsa-ya to'yim.
Uch
yil bo'ldi birorta, Daragini bermaydi. Nahot otamiz bizga, Kerakligin
bilmaydi.
Har oyda falon dollar, Puli bizga kerakmas. Tezroq
otajonimiz, Diydoriga to'ysak bas.
Eshitdim kimlargadir, Ilakishib
yurganmish. U yoqda "Marusya"ga, Uylanib ham olganmish.
Ko'kda
uchagan samolyot, Kel yonimda pastlab o't. Iltimos shu
xatimni, "Marusya"ga tashlab o't.
Meni mayli onamni, O'ylamas
ekanmi-a. Yetti yashar singlimni, Sog'inmas ekanmi-a.
Singlim
dadamni hatto, Tanimaydi, bilmaydi. Dadam qani deb har tun, Onam
bag'rin tig'laydi.
Pul o'lsina-a ayirdi, Otani bolasidan. Endi duo
qilarman, Asra PUL BALOSIDAN !!!
Ko'kda uchgan samolyot, Kel
yonimda pastlab o't. Otamizni sog'indik, Xatimizni tashlab o't.
|
Kategoriya: Turli hil mavzular |
O'qishlar soni: 1853 | Yubordi: Shokir Yo'ldosh |
Joylashtirdi: JET
| Reyting: 0.0
|