Dushanba, 5:56 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
Bizning portal haqida qayerdan bildingiz?
Jami javoblar: 552
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2014 » Iyul » 27 » BIR NAFAS
BIR NAFAS

Qoldirma zulmat qa'rida, kel mohi tobon bir nafas,
Kech bo'lsa ham "hech" bo'lmasin, kelgin shitobon bir nafas.
Jabru sitamlar to ba kay, fikrimni qandoq chalg'itay,
Yonimda bo'l to ki topay dardimga darmon bir nafas.
O'tmoqda umrim besamar, kutmoqdaman yo'q, hamsafar,
Ey g'amlarimdan bexabar, kel, ayla shodon bir nafas.
Sensiz qarodir kunlarim, beintihodir tunlarim,
Noz etma bo'lgin dilbarim kulbamga mehmon bir nafas.
Ey xasta dillar marhami, kelgin axir ko'rgani,
Qoshingda uyg'onsam qani, bo'lsaydi imkon bir nafas.
Kelgin umidlar shahridan, qutqar judolik zahridan,
Shafqatsiz olam qahridan, bo'lmay pushaymon bir nafas.
Ey nozanin, paymonshikan, xo'p de bo'laylik jonu tan,
Shoyad Alisher qalbidan ketsaydi armon bir nafas.

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1976 | Yubordi: Alisher Muqumov | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz