Chorshanba, 11:40 PM
 
Xush kelibsiz Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
O'z sevgan yoringizga nima taqdim etishni xoxlaysiz?
Jami javoblar: 1224
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
Bosh sahifa » Turli hil mavzular
Umr bir bor berildiku axir bizga
Nega yolg’on kular yuzda 
Achiq rosti aytmay turib
Shirin yolg’on qaytar tilda 
Ko’zlar hech aldashmaydi
Buni nega bilishmaydi
Yoki atay bilib turib
Hech kimga sezdirishmaydi
Ko’zda yolg’on yoshlar oqar
Bir so’z bilan dardlar oqar 
Qalbiga nazar solsak
Yolg’on sevgi zimdan kular
Endi zamon aybdor
Qalbingdachi nima ... Davomini o'qish »
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1876 | Joylangan sanasi: 13-02-2014 | Reytingi: 0.0/0

Ko'kda uchgan samolyot,
Kel yonimda pastlab o't.
Chet elda ishlar dadam,
Unga xatim tashlab o't.

O'tib ketdi besh yil ham,
Yetib qoldi-ku bo'yim.
Hayhot endi otamsiz,
O'tib ketsa-ya to'yim.

Uch yil bo'ldi birorta,
Daragini bermaydi.
Nahot otamiz bizga,
Kerakligin bilmaydi.

Har oyda falon dollar,
Puli bizga kerakmas.
Tezroq otajonimiz,
Diydoriga to'ysak bas.

Eshitdim kimlargadir,
Ilakishib yurganmish.
U yoqda "Marusya"ga, ... Davomini o'qish »
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1852 | Joylangan sanasi: 31-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Maktabda o’qir edim,
Bir qizni sevar edim.
Jilmayib bir boqqanda,
Olov bo’lib yonar edim.

O’tdi maktab, o’tdi vaqt,
Qoldi yurakda bir dard.
O’sha qizni ko’rsaydim,
Birga suhbat qursaydim.

Suhbat qurish menga armondir,
Yurak bag’rim endi vayrondir.
O’sha qizni ko’rmasam,
Qayg’u meni yutgaydir.

Armon endi o’sha qiz,
Endi qalbim cho’kdi tiz.
O’sha qiz tegib ketdi,
Bag’rimni tilib ketdi.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1683 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Jon qizlar, jonon qizlar,
Har yigitning baxti sizlar.
Sizga yor bo’laylik bizlar,
Jondan aziz, xon qizlar.

Yiqit qiz deb qon kechar,
Necha olovdan o’tar.
O’zini ham unitar,
Yoriga baribir yetar.

Yigit qiz deb sher bo’lar,
Gohida yerga ham botar.
Baribir visolga yetar,
Jon qizlar, jonim qizlar.

Yoringiz ardoqlangiz,
Ey sher yurak yigitlar.
Sizning baxtingiz shular,
Jondan aziz yor qizlar.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1739 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Meni mendan ham ko’proq,
Ardoqlagan kim edi.
Mehri quyoshdek issiq,
Mehribon momom edi.

Quyoshga teng edi mehringiz,
Boldan shirin edi so’zingiz.
To’ri yo’lga solar edi o’gitingiz,
G’amxo’rim momojonim o’zingiz.

Bolam deb suyardirdingiz,
Qant, navvot berardingiz.
Doim ko’nglimga qarardingiz,
Qadrli momojonim o’zingiz.

Qalbda qolgan ohimsiz,
Izlab topmas oyimsiz.
Eng aziz munisimsiz,
Siz mening momojonimsiz.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1738 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Yiqilsam qo’limdan tutgan,
Yig’lasam meni yupatgan.
Meni jonidan ortiq suygan,
Qalbdagi tog’im akam.

Doim tirgagim bo’lgan,
To’g’ri yo’lni ko’rsatgan.
Qo’limdan doim tutgan,
Jigarbandim akajon.

Meni doim o’ylagan,
Doim ko’nglimni ovutgan.
Do’st-u dushmanni tanitgan,
Mehribonim akajon.

Sog’liq tilayman sizga,
Sizday aziz insonga.
Omon bo’ling akajon,
Akajonim akajon.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 2633 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Boshdagi tojim onam,
Qalbdagi mohim onam.
Dildagi ohim onam,
Ishongan sirdoshim onam.

Yurakdagi qonim onam,
Ko’zdagi nurim onam.
Ishongan tog’im onam,
G’amxo’rim mehribon onam.

Otamning yori onam,
Uyimning chirog’i onam.
Bog’imning guli onam,
Dildoshim aziz onam.

Ko’kdagi oydir onam,
Farzandim suygan onam.
Hammadan aziz onam,
Doim sog’ bo’lsin onam.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1599 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Akam kelar deb kutgan,
Qo’limga suvlar quygan.
Toza sochiqni tutgan,
Baxtli bo’lgin xon singlim.

Mehribonim deb aytgan,
Mening ko’nglimni olgan.
Mening g’amxo’rim singlim,
Omon bo’lgin jon singlim.

Akam bor deb kerilgan,
Tog’im bor deb kerilgan.
Mehribon aziz singlim,
Taxtli bo’lgin xon singlim.

Yuzingda ko’rmay hech g’am,
Bo’lmagin hech kimdan kam.
Ochilib yurgin doim!
Jigarbandim gul singlim.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1793 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Bu dunyoda eng aziz,
Bu onadir, bu ona.
Farzandiga jon tikkan,
Bu onadir, bu ona.

Tunlari alla aytgan,
Bu onadir, bu ona.
Dunyoni ham tebratgan,
Bu onadir, bu ona.

Ro’zg’orni obod etgan,
Farzandini ovutgan.
Yorini rozi etgan,
Bu onadir, bu ona.

Mehri olamni tutgan,
Barcha alamni yutgan.
Barchasini unutgan,
Bu onadir, bu ona.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1640 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

Ko’rdim mehrni onamda,
Ko’rdim vafoni yorimda.
Ko’rdim sadoqatni do’stimda,
Vijdonni men kimda ko’rdim?

Singan oynani ko’rdim dilda,
Keskir pichoqni ko’rdim tilda.
Soxta baxtni ko’rdim pulda,
Iymonni men kimda ko’rdim? 
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1518 | Joylangan sanasi: 28-01-2014 | Reytingi: 0.0/0

« 1 2 ... 5 6 7 8 9 ... 12 13 »
JET Servis Хостинг от uCoz