Dushanba, 7:40 PM
 
Xush kelibsiz Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
Bizning portal haqida qayerdan bildingiz?
Jami javoblar: 552
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
Bosh sahifa » Sevgi muhabbat
Ertaklar sehriga cho’mgan tunlarim,
Hipchin bedov mingan, hushnud kunlarim,
Sho’x-sha’n, gohida hazin unlarim,
Men sizni sog’inib yashayotirman.

Goh yig’lab, goh shodon qaytdi nechalar,
Oqsuyak o’ynagan oydin kechalar.
Qadrdon o’yingoh, tuproq ko’chalar
Men sizni sog’inib yashayotirman.

Qo’y boqib qirlarda kezgan ul damlar,
Osuda saharlar, osuda shomlar,
Murg’ak yuragimni o’rtagan g’amlar
Men sizni sog’inib yashayotirman.

... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2718 | Joylangan sanasi: 26-05-2007 | Reytingi: 0.0/0

Azizim! Meni o’ylab g’amimni yemang,
Azoblarda qoladi deb o’ylamang zinhor.
Hayot azoblarin azob demang,
Xudoyimning ming bir azoblari bor.
Meni hech sizdan ginam yo’q jonim,
Ahir yomonni ham yaratgan Xudo.
Mening bir aybim bor yakkayu-yagona
Soddaligim bo’ldi boshimga balo.
Umid-u e’tiqod bo’lsa odamda,
Bo’lurmi o’limdan, sevgidan topmoq.
So’rab olganimda sizni Xudodan,
O’limdan kammidi, men tortgan qiynoq!
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2052 | Joylangan sanasi: 26-05-2007 | Reytingi: 0.0/0

Qarasam qo’lingga gul tutgim kelar,
Oshiq bo’lgim kelar, ishq bo’lgim kelar,
Ko’zingdan so’zingdan aylanib ming bor,
Shoir bo’lgim kelar, she’r yozgim kelar.

Husning tarifiga so’z izlab tunlar,
Uyqularim qochar, hunobim oshar,
Qarasam ko’zingga termulib ming bor,
Jonim degim kelar, jon bergim kelar.

Tilingdan, dilingdan so’zlar eshitib,
O’n sakkiz yosh bo’lib tirilgim kelar,
Qarasam sel bo’lib, erib ketarman,
Oh, sensiz dunyo ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2474 | Joylangan sanasi: 26-05-2007 | Reytingi: 0.0/0

Yo’mg’ir yog’ar. Ko’nglim dog’lanib dog’da,
Manzaradan termulib turagn bir chog’da,
Yongan yuragimni yondirib takror,
Yor ketib boradur qay chaman bog’da.

Yomg’irlar ostida qolgan ey dildor,
Tingla mening senga uzrlarim bor,
Unuqqan qush kabi yurishlaringda,
Bitta men aybdorman, bir men gunohkor.

Yor mening sevgimni o’tkinchi bildi,
Boqmasdan bag’rimni tig’aladi tildi,
Oshiqligim aytsam parvoyi falak,
Osmonday ko’nglimni chil ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2189 | Joylangan sanasi: 26-05-2007 | Reytingi: 0.0/0

Gulzor aro ko’p kezdimu, sendek gulni uchratmadim,
Hurlar aro ko’p kezdimu, sendek hurni uchratmadim.
Lojuvardu marvaridlar aro kezindim ming bora,
Injuzorlar aro vale, sendek durni uchratmadim.
Necha-necha tonglar otdi aro ne-ne oftoblar ko’rmadim,
Osmonimda va lekin oy sendek nurni uchratmadim.
Ziyo tarab yo’llarimga umrim charog’on etding,
Atirgulim, gulzor aro sendek gulni uchratmadim.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1947 | Joylangan sanasi: 26-05-2007 | Reytingi: 0.0/0

Men uchun bulbulmas, soya bo’lsang ham,
Olisdagi mag’rur qoya bo’lsang ham,
Barin bilib turib, his qilib har dam,
Men seni sevaman, sevaveraman.

Aslida qalbimni chertgan tor o’zing,
Hasta yuragimni etgan zor o’zing,
Dunyoda yagona, tengsiz yor o’zing,
Men seni sevaman, sevaveraman.

Kimgadir “sevdim” deb aytar bo’lsang ham,
Qo’llaridan tutib ketar bo’lsang ham,
Ishq sirim bepisand sotar bo’lsang ham,
Men seni sevaman, sevavera ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2409 | Joylangan sanasi: 19-05-2007 | Reytingi: 0.0/0

Нега сенга зорман азизим
нега сени бунча севаман
Саволимга жавоб тополмай
Кийналаман, азоб чекаман
Нега сенга кунгим бериб мен
Нега сендан йироклашаман
Сенга ипсиз богланиб яна
Ишк богида танхо кезаман
Нега кунглим сенга талпинар
Ахир борку бир куни хижрон
Нега сенсиз дунём хувиллар
Нега сенсиз атроф зимистон
Нега мени ташлаб кетяпсан
Нега мендан узоклашяпсан
Юрагимни утда ёкиб сен
Нега мени сен зор этяпсан
Ташлаб кетма жоним, севги ... Davomini o'qish »
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2311 | Joylangan sanasi: 19-05-2007 | Reytingi: 0.0/0

Birorta qiz ne uchun yigitlardek bo'lolmas
U ham sevaru lekin dil izhorin qilolmas
Agar chindan sevsa qiz nedir qilmog'i kerak
Bu tuyguni shubhasiz yigit bilmog'i kerak

Ko`rsatilgan yordam uchun Oybekga tashakkurimizni bildiramiz...

Agar siz ham sherlaringizni saytimizda joylashtirmoqchi bo'lsangiz buning uchun she'rlaringizni jet@ziyo.uz mailiga yuvorishingiz talab etiladi.

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2391 | Joylangan sanasi: 20-04-2007 | Reytingi: 0.0/0

Kimdir oshkor tan oladi,
Tahsin o'qir shukrona.
Kimdir seni sir tutadi
O'tda yonar pinhona.
Kimlarga sen kulib boqding
Tepkilaydi mastona.
Kimlar uchun osmondasan
Sig'inadi devona.
Anglolmadik to abad,
Anglolmaymiz to abad.
Xom sut emgan bandamiz,
O'zing kechir, MUHABBAT!!! .......

Ko`rsatilgan yordam uchun Oybekga tashakkurimizni bildiramiz...

Agar siz ham sherlaringizni saytimizda joylashtirmoqchi bo'lsangiz buning uchun she'rla ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1935 | Joylangan sanasi: 20-04-2007 | Reytingi: 0.0/0

Vaqt o’tadi sekin osuda
Kutaman kelar deb hayol bezovta
Bahtu saodatni sendan kutdim men uzoq
Lekin sendan hanuz darak yo’q
Chunki siz mendan olisda!

Seni kutdim keladi deya,
Noming yodda tutdim
Meni unutmas deya
Oh, o’zga bilan ko’rdimku
Lekin mendan olisda!

Ho’sh, meni yoshligimdan
Rosa foydalandingmi?
Yoki senga ishonchimdan
Rosa g’ururlandingmi?
Endi mendan olisda!

Mayli nima bo’lsa ham
Til ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2114 | Joylangan sanasi: 07-04-2007 | Reytingi: 0.0/0

« 1 2 ... 35 36 37 38 39 ... 45 46 »
JET Servis Хостинг от uCoz