Tark etmaysan sen meni hech ham,
Xayolimda mudom yashaysan.
Sensizlikka ko'ngan bo'lam ham,
Sog'inchinga har dam boshlaysan.
Qancha yillar o'tdi bilmadim,
Yuragimni o't ichra yoqib.
Ammo unga boshim egmadim,
Sovuq hijron etsa-da ta'qib.
Men o'zimcha baxtliman ishon,
Xayolimda chunki yashaysan.
Garchi senga yetmog'im gumon,
Lek soyamga juda o'xshaysan.