Payshanba, 0:00 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
O'z sevgan yoringizga nima taqdim etishni xoxlaysiz?
Jami javoblar: 1224
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2008 » Avgust » 30 » Dunyo
Dunyo
Mehrdan yaralgan edi bu-dunyo
Nafratu hasadga o’raldi dunyo
Shubha sirtmog’iga boshimni tiqib
Hayot sirotidan emaklab o’tdim
Cheksiz gunohlarim zalvori bilan
Sirot ko’prigining qaddini bukdim

Sevgim izhorini qabul etmading
bilmasding birovning baxtsizligi evaziga
hech baxtga erishib bo’lmasligini
tuyg’usiz muz qalbing eritolmadi
yuragim tuynuklaridan tushib turgan nur…

boshim qotdi sen uchun ne qilmoqlikga
yig’lashim kerakdir balki sen uchun?.
AFSUS…
Yig’lashni hech o’rganolmadim
Ko’zlaringda sovuq olov yonardi
Yonib turgan qalbim misoli
Yuragim oqqog’ozga o’rab
senga maktub qilib yo’lladim

qiyo ham boqmading hatto kunglimcha
Yangilik!
Qora bulut bo’lib shaharni
g’iybatu mish-mishlar o’rab kelardi,

SHUBHA!
O! shubha irodamni sindirguvchi yagona qurol.
Taqdir bitigidan bekinib olib
unga qora toshlar ota boshladim
hayot so’qmog’idan adashib qolib
gumon ummoniga cho’kib borardim

motam go’zalligi jo’sh urib turgan
hijron makonida mahbusman endi
hech narsani istashnida istamayman
Ko’zlarim…
ko’zlarim qing’ir-qiyshiq ko’rar olamni
menimcha aqldan ozdim , yana bilmadim
Bu – men hijron kulbasida yashovchi Darvesh!

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 2196 | | Joylashtirdi: Otash_Arab | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz