Omadli kunlarda yonimda turib
Ne desam barini muhayyo qilib
B’azida quloqqa lag’monni ilib
O’sha senmasmiding hamyonning do’sti
Omadsiz kunlarda uzoqda turib
Nogahon duch kelsak yuzingni burib
Hatto salomingni nasiya qilib
Usha senmasmiding hamyonning do’sti
Mayli, quyavergin ne bo’lsa bo’ldi
Kechirdim u kunlar o’tmishda qoldi
Soxta bo’lsa hamki mehring sog’indim
Yana hamyon to’ldi kelaqol do’stim
Kategoriya:
Do'stlik |
O'qishlar soni: 4269 |
Joylangan sanasi:
14-08-2008
| Reytingi: 5.0/1