Payshanba, 1:50 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
Romantika deganda nimani tushunasiz?
Jami javoblar: 656
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 5
Mexmonlar: 5
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2008 » Avgust » 16 » Bugun nimagadir sizni sog'indim.
Bugun nimagadir sizni sog'indim.
Ko'zlarimni yoshga to'ldirgan go'zal,
Sevgi nimaligin bildirgan go'zal,
G'amgin paytimda xam kuldirgan go'zal,
Bugun nimagadir sizni sog'indim.

Qalbimni og'ritib qayga ketdingiz,
Ko'zimni yosh qilib xayr dedingiz,
Xecham kutmagandim mendan kechdingiz,
Yana nimagadir sizni sog'indim.

Balki baxtlidirsiz uzoqlarda yor,
Qalbim o'rtanadi kelganda baxor,
Menga umid bergan bevafo dildor,
Bugun nimagadir sizni sog'indim.

Siz tomon talpinib bora olmasdan,
Unutay desamda unutolmasdan,
Bu og'ir og'riqqa chiday olmasdan,
Yana nimagadir sizni sog'indim.

Do'stdan,begonadan yiroqda yurib,
Uzoq-uzoqlardan sizni qidirib,
Dardimni faqat shu qog'ozga bitib,
bugun nimagadir sizni sog'indim.

Yana sog'inaman xoxlamasam xam,
Sizga talpinaman borolmasam xam,
Endi sizga yor begona bo'lsam xam,
Bugun nimagadir sizni sog'indim.

Qalbim to'yib ketdi bu azoblardan,
Sher yozmay ketgandim to'yib xayotdan,
Qo'lga qalam oldim yana alamdan,
Sababi men yana sizni sog'indim!

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2313 | | Joylashtirdi: Miss_Sitora_5757 | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz