Olisda oy botmaydi aslo,
quyosh doim nurin sochadi.
Unda hukm surar oliy baxt,
yomon doim yo'ldan qochadi.
Olisda suv oqadi tiniq,
yer yuzida ko'rinmaydi gard.
Har insonning yuzida kulgu,
ular uchun bilinmaydi dard.
Olisda yosh to’kmaydi ko’zlar,
mehr bilan boqar tabiat.
Sevishganlar ulug’lanarlar,
inoqlikda yashar jamiyat.
olisda kun bo’yi bulbullar,
parvarishlab o’tar gullarni.
Muhabbatga oshno qalblar,
...
Davomini o'qish »