Payshanba, 0:43 AM
 
Xush kelibsiz Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
O'z sevgan yoringizga nima taqdim etishni xoxlaysiz?
Jami javoblar: 1224
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
Bosh sahifa » Sevgi muhabbat
Sevdim, sevganim o'tkinchi emas
Bir kelib keyin ketguvchi emas
Sevdim sizni vaqtincha emas
Yuragim hech qachon o'zgani demas.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2069 | Joylangan sanasi: 23-04-2009 | Reytingi: 0.0/0

Bo'lganida edi imkonim,
Yolvorardim tiz cho'kib qoshinga.
Meni kechirgin-kechir deya,
Zarlar sochardim boshinga.
Agar arzimasam ko'z yoshinga,
Baxtli bo'lgin vafoli bo'l o'z yoringa.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2087 | Joylangan sanasi: 22-04-2009 | Reytingi: 0.0/0

Qo'llaringda bir dasta lola,
Quchog'ingda bir olam yog'du.
Shahlo ko'zing yonar mastona,
Yonog'ingda o'ynaydi kulgu.
Rassom bo'lsam xarir ipakka
Shu xolating naqsh etar edim.
Shu xolating ko'rib yurmoqqa,
Hayotimni baxsh etar edim.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1912 | Joylangan sanasi: 19-04-2009 | Reytingi: 0.0/0

Dunyoda mexrga tashna dillar ko'p
Tosh qotgan ko'ngillar, egri yo'llar ko'p.
Mayli saxrolarda adashtir ammo,
Mening sendan boshqa dilozorim yo'q.
Nurli kechalarning tonglari uzun,
Dilga o't yoquvchi onlari uzun.
Bir umr qizg'onib yashashim uchun
Menga asrab qo'ygin tuyg'ularingni...
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2209 | Joylangan sanasi: 17-04-2009 | Reytingi: 0.0/0

Kunlarim sensizu, tunlaring mensiz
Yana qancha umr oldinda kutar.
Yulduz misol yondik, oy kabi to'ldik
Tole tilab zor-zor qoldi bu qo'llar.
Ikkiga ajralmay tursa bu yo'llar
Biz bitta yurakka aylanib bo'ldik.
Sevgi shirin tuyg'u, kechmas behadik
Bizlar baxtli bo'lish uchun sevmadik.
Shunchaki yoqqan edik bir-birimizga
Go'zal sevgi tark etmasin...
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1973 | Joylangan sanasi: 10-04-2009 | Reytingi: 0.0/0

Ketding jonim mendan yiroqlab
Izlaringni qoldim so'roqlab
Bergan vadalar ekan yolg'on
Ertak aytding ko'zimga qarab.

Tashlab ketishdan oldin yorim
Olib ketgin bu xasta jonim
Endi sensiz men kim bo'libman
Ko'zlarimga qorong'u olam!
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1883 | Joylangan sanasi: 05-01-2009 | Reytingi: 0.0/0

MEN SENI SEVAMAN SEVGANIM UCHUN,
JONIM KO'ZLARINGGA TIK BOQOLMAYMAN.
MEN SENI SEVAMAN SEVGANIM UCHUN,
QANCHA URUNSAM HAM LEK YOQOLMAYMAN.

MEN SENI SEVAMAN SEVGANIM UCHUN,
TIZ CHO'KIB SO'RAYMAN SENDAN SEVGIMNI.
MEN SENI SEVAMAN SEVGANIM UCHUN
SENGA BAG'ISHLADIM USHBU DARDIMNI...
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1912 | Joylangan sanasi: 04-01-2009 | Reytingi: 5.0/1

Muhabbatim, qaydasan qalb ardog'im,
Jayron ko'zim, qirlarda qolgan ohum.
Qo'lim tegmay to'kilgan qizg'aldog'im,
Endi seni izlab qaydan toparman...

Kelar bo'lsang, yo'lingga gul to'shardim,
Sen Layliga, men Majnunga o'xshardim,
Bu dunyoda hijron yo'q deb yashardim,
Endi seni izlab qaydan toparman...

Tushlarimda yig'larsan goh bag'ri qon,
Ohlaringdan dud chiqib osmon-osmon,
Menga senu senga men bo'ldik armon,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1966 | Joylangan sanasi: 03-01-2009 | Reytingi: 5.0/1

Kechiring, kechiblar ketdim jonimdan,
Sizsiz kimga kerak bu hasta jonim?!
Shubhalar karvoni o'tar yonimdan,
Yo'limni yo'qotib qo'ydim, sarbonim.
Kechiring, olovga otdim erkimni,
Mening erkim sizning qafasingizda.
Oching dilingizni - yo'li berkimni,
Qorishib ketayin nigohingizda.
Kechiring, majnuntol kabi g'amginman,
Bir umr poylayman yo'llaringizni.
Siz haqsiz, siz so'ylang, men endi jimman,
Tinglayman olovli so'zlaringizni.
Bor-yo'g'imni yakson ayladi bir o'q ... Davomini o'qish »
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2596 | Joylangan sanasi: 01-01-2009 | Reytingi: 5.0/1

Xayollarim ketsa sen tomon
Xaydolmadim vaslin ko'zimdan
Ketsangxamki o'zgaga ey yor
Nafratimni seza olmadim!

Shundoq o'tar tunlarim bedor
Yo'llaringa ko'zim yikib zor
Azob brding sen menga ko'p bor
Senga nafrat sezaolmadim

Sevamanmi seni shunchalar
Unutmadim yillar o'tsa xam
Menga bergan ozorlaring ko'p
Lek bir on nafrat sezmadim
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2070 | Joylangan sanasi: 30-12-2008 | Reytingi: 0.0/0

« 1 2 ... 12 13 14 15 16 ... 45 46 »
JET Servis Хостинг от uCoz