Payshanba, 0:03 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
She'r bilan sevgi orasida bog'liqlik bormi?
Jami javoblar: 792
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 6
Mexmonlar: 6
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2009 » Yanvar » 1 » Kechiring...
Kechiring...
Kechiring, kechiblar ketdim jonimdan,
Sizsiz kimga kerak bu hasta jonim?!
Shubhalar karvoni o'tar yonimdan,
Yo'limni yo'qotib qo'ydim, sarbonim.
Kechiring, olovga otdim erkimni,
Mening erkim sizning qafasingizda.
Oching dilingizni - yo'li berkimni,
Qorishib ketayin nigohingizda.
Kechiring, majnuntol kabi g'amginman,
Bir umr poylayman yo'llaringizni.
Siz haqsiz, siz so'ylang, men endi jimman,
Tinglayman olovli so'zlaringizni.
Bor-yo'g'imni yakson ayladi bir o'q,
Maysa bas kelarmi tog'day cho'ng toshga?
Kechiring, na sabrim, na toqatim yo'q,
Faqat sizga bo'lgan sevgimdan boshqa...
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2590 | Yubordi: Mansurjon | Joylashtirdi: JET | Reyting: 5.0
JET Servis Хостинг от uCoz