Shanba, 2:10 PM
 
Xush kelibsiz Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
Portalimizda sizga qaysi sahifa ko'proq yoqadi
Jami javoblar: 889
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2007 » May » 26
Ertaklar sehriga cho’mgan tunlarim,
Hipchin bedov mingan, hushnud kunlarim,
Sho’x-sha’n, gohida hazin unlarim,
Men sizni sog’inib yashayotirman.

Goh yig’lab, goh shodon qaytdi nechalar,
Oqsuyak o’ynagan oydin kechalar.
Qadrdon o’yingoh, tuproq ko’chalar
Men sizni sog’inib yashayotirman.

Qo’y boqib qirlarda kezgan ul damlar,
Osuda saharlar, osuda shomlar,
Murg’ak yuragimni o’rtagan g’amlar
Men sizni sog’inib yashayotirman.

... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2694 | Joylangan sanasi: 26-05-2007 | Reytingi: 0.0/0

Mevali daraxtga otadilar tosh,
Yomonning dastidan egar yaxshi bosh,
Zaharni do’st yutar, nodon yeydi osh.
Bu dunyo o’tkinchi, qo’y ishonma do’st.

Kimlardir alamga tashlaydi o’zin,
Olmang o’zingizga nobakor so’zin
Barchangizga bersin iloyo to’zim
Bu dunyo o’tkinchi, qo’y ishonma do’st!

Kategoriya: Do'stlik | O'qishlar soni: 2991 | Joylangan sanasi: 26-05-2007 | Reytingi: 4.0/1

Azizim! Meni o’ylab g’amimni yemang,
Azoblarda qoladi deb o’ylamang zinhor.
Hayot azoblarin azob demang,
Xudoyimning ming bir azoblari bor.
Meni hech sizdan ginam yo’q jonim,
Ahir yomonni ham yaratgan Xudo.
Mening bir aybim bor yakkayu-yagona
Soddaligim bo’ldi boshimga balo.
Umid-u e’tiqod bo’lsa odamda,
Bo’lurmi o’limdan, sevgidan topmoq.
So’rab olganimda sizni Xudodan,
O’limdan kammidi, men tortgan qiynoq!
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2026 | Joylangan sanasi: 26-05-2007 | Reytingi: 0.0/0

Qarasam qo’lingga gul tutgim kelar,
Oshiq bo’lgim kelar, ishq bo’lgim kelar,
Ko’zingdan so’zingdan aylanib ming bor,
Shoir bo’lgim kelar, she’r yozgim kelar.

Husning tarifiga so’z izlab tunlar,
Uyqularim qochar, hunobim oshar,
Qarasam ko’zingga termulib ming bor,
Jonim degim kelar, jon bergim kelar.

Tilingdan, dilingdan so’zlar eshitib,
O’n sakkiz yosh bo’lib tirilgim kelar,
Qarasam sel bo’lib, erib ketarman,
Oh, sensiz dunyo ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2450 | Joylangan sanasi: 26-05-2007 | Reytingi: 0.0/0

Yo’mg’ir yog’ar. Ko’nglim dog’lanib dog’da,
Manzaradan termulib turagn bir chog’da,
Yongan yuragimni yondirib takror,
Yor ketib boradur qay chaman bog’da.

Yomg’irlar ostida qolgan ey dildor,
Tingla mening senga uzrlarim bor,
Unuqqan qush kabi yurishlaringda,
Bitta men aybdorman, bir men gunohkor.

Yor mening sevgimni o’tkinchi bildi,
Boqmasdan bag’rimni tig’aladi tildi,
Oshiqligim aytsam parvoyi falak,
Osmonday ko’nglimni chil ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2165 | Joylangan sanasi: 26-05-2007 | Reytingi: 0.0/0

Agar do’sting yoningda bo’lsa,
Quloq solsa har bir so’zingga,
Yolg’on qo’shmay so’zlaydi u,
Tikka boqib turib ko’zingga.

Agar do’sting yoningda bo’lsa,
Hiyonatlar qilmaydi ta’sir.
Yomonlarning o’tmaydi zahri,
Dushmaning ham ololmas asir.

Kategoriya: Do'stlik | O'qishlar soni: 2872 | Joylangan sanasi: 26-05-2007 | Reytingi: 5.0/1

Yangi do’st topganingda, eskisini unutma,
Sinalmagan kishining etagidan ko’p tutma.
Kimdir sening qalbing-la, o’ynashsayu hor qilsa,
Unday do’stni unut, ko’p lutmagin ko’p kutma,
Yangi do’st topganingda, eskisini unutma!
Kategoriya: Do'stlik | O'qishlar soni: 2557 | Joylangan sanasi: 26-05-2007 | Reytingi: 0.0/0

Gulzor aro ko’p kezdimu, sendek gulni uchratmadim,
Hurlar aro ko’p kezdimu, sendek hurni uchratmadim.
Lojuvardu marvaridlar aro kezindim ming bora,
Injuzorlar aro vale, sendek durni uchratmadim.
Necha-necha tonglar otdi aro ne-ne oftoblar ko’rmadim,
Osmonimda va lekin oy sendek nurni uchratmadim.
Ziyo tarab yo’llarimga umrim charog’on etding,
Atirgulim, gulzor aro sendek gulni uchratmadim.
Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 1920 | Joylangan sanasi: 26-05-2007 | Reytingi: 0.0/0

JET Servis Хостинг от uCoz