Shanba, 10:56 PM
 
Xush kelibsiz Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
Login:
Parol:
portal do'stlari
So'rovnoma
O'z sevgan yoringizga nima taqdim etishni xoxlaysiz?
Jami javoblar: 1224
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2007 » Fevral » 23
Senga bo’lgan ishqim shunchalar mahzun,
Armonli tunlarim uzundan-uzun.
Seni butkul yoddan unutish uchun,
Hijronlarga qalbim tutishim kerak,
Sensiz tanholikda o’tishim kerak

Sevgining armoni bugun bo’ylaydi,
O’ylamay desamda, yurak qo’ymaydi.
Armonlar yo’ldoshdir, ertak so’ylaydi,
Hijronlarga seni tutqazdim, demak,
Men seni unutib yashashim kerak.

Endi na halovat, na huzur tatir,
Ishqni dilga ko’mdik, do’ppaygan qabr.
A ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2454 | Joylangan sanasi: 23-02-2007 | Reytingi: 0.0/0

Yana seni eslab yig’laydi ko’ngil,
Yig’laydi yurakning tubida armon.
Seni qo’msab ado bo’ldim, ishongin,
Abadiy ayrilmoq, oh, yomon, ishon!

Seni sevaman deb aytmagandim hech,
Qalbimda yashardi cheksiz muhabbat.
Uni izhor qilmoq, afsus, endi kech,
O’ksib-o’ksib yig’lar, esiz, muhabbat.

Ketolmaydi sira ko’zim o’ngidan,
Beg’ubor ko’zlaring, alpdek qomating.
Ishonmayman also, ishonolmayman,
Ollohga yolvorib bitdi toqatim.

O’z ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2238 | Joylangan sanasi: 23-02-2007 | Reytingi: 0.0/0

Qoshlaringni, sanam, qoqishing,
Ishva bilan nozli boqishing,
Oh, o’ldirdi bu hijron, azob,
Bilasan-a, menga yoqishing?

Bog’larimda bulbul sayraydi,
Sizni ko’rsam ko’nglim yayraydi.
Hamma bizga hayron qaraydi,
Bilasan-a, menga yoqishing?

Sen Zuhrosan, men Tohir,
Sevgimiz umrbod bo’lmasin ohir.
Sen ham menga qaragin, ahir,
Bilasan-a, menga yoqishing?

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2120 | Joylangan sanasi: 23-02-2007 | Reytingi: 0.0/0

To’kilyapti kuzgi hazonlar,
Huddi mening sevgim singari.
Ko’z yomshimga o’xshar yomg’irlar
Ishq bog’idan ketolmam nari.

Yashayotgan nurli ko’klamday
Bahtli edik ikkimiz shunda.
Qora bulut to’sdi yo’limiz,
Bizlar qoldik qora quyunda.

Men o’zimga so’z berdim bu kech,
Endi seni o’ylamam also.
Ismingga ham ash’or bitmayman,
Sevgimizni kuylamam hatto.

Saroblarga aylangan ishqni,
Aytgin, kuylab nima qilaman?
Bugun ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2200 | Joylangan sanasi: 23-02-2007 | Reytingi: 0.0/0

Chaqmoq chaqqan o’sha tunlarni,
Yomg’ir yog’ib o’tgan kunlarni,
Seni sevib kutgan damlarni,
Sog’indim men, sog’indingmi sen?!

Bog’ni bosgan har izlaringni,
Menga aytgan har so’zlaringni,
Kulib boqqan ko’zlaringni
Sog’indim men, sog’indingmi sen?!

Boldan shirin gul lablaringni,
Nozik-nihol dur qo’llaringni,
Kelar bo’lgan zar yo’llaringni,
Sog’indim men, sog’indingmi sen?!

To’lib-toshib oqqan daryolar,
Yillar shoshib ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2475 | Joylangan sanasi: 23-02-2007 | Reytingi: 0.0/0

Oq libosga burkanding-ku o’zing bilmay,
Bilmam chinmu, balki yolg’on bahtga yetding.
So’nggi bora ko’rganimda bir bor kulmay,
Yuragimni chok-chokidan so’kib ketding.

Atrofingda chir parvona bo’lishdilar,
Ostonada yangalarga lutflar etding.
Ko’nglim kimda: mendami yo undamikan?
Jon-yanimni pichoq birla so’yib ketding.

O’ylamayman deysan-u, lek ko’ngil bo’lak,
O’zgaga yor bo’lib, gulim, nega yetding?
Azobingga chidolmaydi kuygan yurak ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2161 | Joylangan sanasi: 23-02-2007 | Reytingi: 5.0/1

Men seni qalbimda o’zim yaratdim,
Ardoqladim hayolim bn.
Bulbul eding, guling bo’lib yayratdim,
Bahtliman o’z dunyoim bilan.

Orzuim osmonida uchaman sarhush,
Hayollarim bo’lsa ham ro’yo.
Hijron, azob o’tkinchi bir tush,
Jannatlarda yuraman go’yo.

Cho’qqilarda milt-milt yongan yolqinday,
Umid solar dilimga uchqun.
Visol oqshomlari juda yaqinday,
Hapqiradi qalbimda to’lqin.
Hayoliy shaxzodam - mehrim ardog’i,
So’n ... Davomini o'qish »

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2042 | Joylangan sanasi: 23-02-2007 | Reytingi: 0.0/0

JET Servis Хостинг от uCoz