|
|
Qalb satrlari |
|
Azizim...
Oh azizim, kecholmam sendan.Sen-ku, mening borliq-makonim. Aytgin nelar istaysan mendan?, Senga bo’lsin, mana ol, jonim. Rahm etgil kuygan dilimga, pora etma songi umidni… Bu- hayolim, bu - mening o’yim, ne qilaman, ayt, o’zga bahtni. Shu so’zlani ming bor takrorlab, Ollohimga qo'lim ochaman. Bu duoyim bo’lmas ijobat, yana eski hayot-ko’naman. Bilasanmi, ezadi sog’inch… Sog’inch. Yuragimda olam sog’inchi. Azizim, sog’inibman seni judayam, zor bo’libman lahza diydorga. Sog’inchlarim armon hamrohi. Shamollarga aytim sog’inchim qulog’ingga shivirlab aytsin. Yo’q, uyatdan qizardi yuzim, tilim ojiz ochiq so’zlashga - senga bo’lgan buyuk sog’inchni. Lekin seni juda sog’indim: sog’inchlarim qalbimdadir mavj. Bilasanmi, qalbimtubida, senga bo’lgan pok ishqim bordir… Qalb. Qalbim aro hislar isyoni. Azizim, qalbimdan joy olganing hamon, tushib qoldim o’zga olamga. Qalbim yurak ila yo’g’rilib, faqat sendan kutadi ilinj. Bu ishqimni qo’riqlar yurak. Pok ishqingga juda mushtoqdir. Seni esa parvoying o’zga. Eslamaysan, hatto bir bora. Qalbu - dilim og’ritib ketting. Yurak bag’rim aylab sadpora. Qalbim senga aytar so’zi ko’p, lekin endi hammasiga kech! Bilasanmi, qora tun nima? Qora tun… Azizim, qora tun bu - mening osmonim! Orzularim hozirgi rangi. Sen kettingu, o’zgardi bari, asl rangin yo’qoti hayot. Ko’z yosh to’kar bulutlar mudom, quyosh eding, nur eding-ku sen. Nima uchun buncha qiynaysan. Qora tunga tashlading, ketting, tonglar bo’lib qaytgin- kutaman! Bilasanmi, hazon bu - ishqim! Hazon- kuznig menga achchiq tuhfasi. Azizim, sendan qoldi faqatgina kuz. Olib ketting kulgularimni. Uchrashgandik ilk bora kuzda va ayrildik, mana shu kuzda. Kuz keladi takror va takror, ammo sensiz… Seni kuttim, lekin kelmading?! Hazon bo’ldi, nihol ishqimiz. Ko’zlarimda kuzning yomg’iri, his etmaysan, labingga tomsa. Hayotimga hukmrondir kuz - hotiramni ko’madi hazon… Bilasanimi, oqqushlar ishqin. Oqqush - biram go’zal, nafis va nozik. Azizim, oqqushlarga aylanib qolsam, uchib ketsam olis-olisga. Unutsaydim bori dunyoni, yiroqlashsam sendan umrbot. Eslamasam yolg’on so’zlaing va ustidan chiqmagan va’dang. Oqqush bo’lib yoningda qolsam, diydoringga to’yib so’ng – o’lsam!
Matn muallifi Miss_Sitora_5757.
|
Kategoriya: Ayriliq damlari | Joylashtirdi: Miss_Sitora_5757 (15-11-2007)
| Автор: Sitora
|
O'qishlar soni: 2562
| Reyting: 5.0
|
|
|
JET Servis Хостинг от uCoz |
|
|