Kechir,sendan butunlay kettim...
Ha, men alaqachon muhabbat manzilidan uzoqlashib ketdim. Ketibman-u yuragimning nozik lavhalarini armon deya atalmish buyuk hukmdorga qul ekanimni sezmay qolibman. Ishon, men seni baxtiyor etishni, baxtli ko`rishni o`zimning yagona shirin xayoliy orzuimga aylantirgandim. Afsus, buni istamading. Balki istagandirsan ham, lekin menga hech qachon sezdirmasding. O`zingni mening oldimda o`gacharoq tutarding. Ammo menga o`zingni qanday tutishingni ahamiyati yo`q edi. Chunki qalbimda ertakdagi egallagan shaxzodalar o`rnini egallab bo`lgan eding. Senga shunchalik qattiq bog`lanib qolgan edimki, bu bog`liqlikni hech kim, hech narsa, hech qachon uzolmasligiga ko`zim yetardi. Bu yo`lda hech kimning qurbi yetmasligini teran anglabman-u, sening, o`zingning borligingni unutibman. Nima bo`lgan taqdirda ham men baxtli edim va ana shu ne`matning shirin xayollari bilan toabad birga qolaman. Hayotimdan, seni uchratganimdan naqadar baxtiyorman. Qalbimdagi abadiy sevgim bilan yashash naqadar totli baxt! Yo`q, xavotirlanma, men endi sevgimizning o`sha so`lim bog`lariga hech qachon qaytmayman. Chunki endi men o`zga olamlarga ketib bo`ldim. Esingdami, birga tinglagan qo`shiqlarimiz, birga o`tkazgan ajib onlarimiz. Ular mening dunyoyimda, xayoliy olamimda yashayveradi. Faqat bir narsadan qo`rqaman, bu- sening nigohlaring. Endi sening nigohlaring oldida tiz cho`kmaslikka ham o`zimda kuch topa olaman. Sening qarashingdagi sehrlovchi o`sha boqishlar endi o`z kuchini yo`qotdi. Endi sen umuman o`zga menga yod bo`lgan dunyosan. Men faqat xayolimdagi o`sha insonni bir umr sevaman va u so`ngi nafasimgacha men bilan yashayveradi. Men seni qanday bo`lsang, shundayligingcha sevardim. Goh-gohida sen uchun nelarga qodirligimdan o`zim ham qo`rqib ketardim. O`sha qo`rqinchlar bugun bizni bir umrga ayirdi. Men seni ham, o`zimni ham ayblamoqchi emasman. Bir xotirlagin-a, bizning tanishishimiz antiqa edi, mana bugun ayrilishimiz ham o`zgacha. Bilasanmi, inson hayotida bir umr baxtli yashamasligi mumkin, lekin u umrning qaysidir lahzalarini shu qadar baxtli baxtiyor o`tkazadiki, ana shu baxt, o`sha shirin onlar uni butun hayotini nurafshon etishga qodir. Nima bo`lganda ham, sen mening hayotimni o`zing bilmagan holda ma`nolarga to`ldirding. Ana shularning barchasi uchun sendan bir umr minnatdorman. Ehtimol, sening hayotingda sezilarli iz qoldirmagandirman, ammo birga o`tkazgan chog`larimizni eslaganingda hech bo`lmasa bir bora kulib qo`yarsan. Mendik, nodon bir qizning telbalarcha sevganimni xotirlaganingda yuzinga iliq bir tabssum yugursa-ana shu mening baxtim. Demak, hayotda sening bir bora jilmayishingga arzigulik biror ish qilishga ulguribman. Yo`q, men sendan kechirim so`ramayman. Chunki sen qalbimdasan, sen mening o`zimsan… Gulnora Imomberdiyeva . TashGU talabasi
|
Kategoriya: Ayriliq damlari | Joylashtirdi: Miss_Sitora_5757 (08-11-2007)
| Автор: Sitora
|
O'qishlar soni: 2680
| Reyting: 0.0
|