29-01-2025, 0:19 AM
 
Xush kelibsiz, Mexmon · RSS
Portal menyusi
Satrlar kategoriyasi
Ayriliq damlari [44]
Dil izhori [23]
Muhabbat hikoyalari [2]
Kirish formasi
Portal do'stlari
So'rovnoma
Portalimizda sizga qaysi sahifa ko'proq yoqadi
Jami javoblar: 889
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
Zakat(34)
 Qalb satrlari
Bosh sahifa » Qalb satrlari » Ayriliq damlari

Kumushbibining bitilmagan maktubi...
- Ko`nglimninh podshohi, dilimning muhabbat borasida yakkayu yagona hokimi, qalbimning eng shirin orzu-umidlari, baxtu iqbolim bo`lgan Begimga!!!
“Begim… Tunu kun xayolim siz birla band. Necha bor maktub bitib, uni yuragim xazinasiga joyladim… Siz mening qalbimga shunday buyuk bir muhabbatni olib kirdingizki, bu farishtadek pokiza, go`dakdek beg`ubor ilohiy tuyg`u yuragimda nish urib qisqa vaqt ichida unib-o`sdi. Men siz baxsh etgan Olloh in`om qilgan bu ilohiy ishq tufayli baland osmonlarda muhabbatdan yaralgan jannat bog`larida sayr qildim. Ruhim falakda sizning vaslu visolingini istab charx urar ekan, tufroqdagi vujudim sizga talpinar, ikki chashmi qarog`im esa yo`llaringizga intizor boqar, quloqlarim sizning erkalovchi mayin ovozingizni eshitmakka ilhaq erdi.
Men baxtli edim…
Axir sevgidan qudratliroq kuch yo`q!!! Uning hammasini qaytara oladigan yurak ham yo`q!!! mening qalbimda faqatgina siz muhrlangan ekansiz. Buni hayotimga yashin tezligida kirib kelib dilimni vayron etgan Zaynab kelganiga chuqurroq his etdim… Hijron azoblarida qiynalganimdagina bildim sevgi va rashk azobini. Siz ketdingiz. Men sizni izlab topgandim. Topib murodimga yetdim degandim. Ko`ksingizga quyosh misoli botgandim. Ketdingiz… Meni hijron sahrolariga tashlab-da ketdingiz. Quvonchdan, baxtdan charx urib uchub yurgan ruhim o`z osmonidan quladi. Ammo bechora jismimga kirolmay onasini yo`qotgan qo`zichoqdek darbadar bo`lib qoldi. Chashmi qarog`imda o`kinch olam, anduh soya soldi. Ishq sharobidan mast bo`lgan ko`nglimni ayriliq, armon olovi chirmab, jismimni jizg`anak qilib kuydira boshladi.
Siz zaynabga ketdingiz… Ammo men sizni qarg`amadim. Qalbingizga ozor yetmog`ini istamadim. Ko`zlarimning yoshini bir tola sochingizning to`kilishiga ham arzitolmadim. Siz kelasiz… Bir vaqtlardagi quvonchingiz, shodligingiz, go`dakdek beg`ubor hissiyotingizm tongdanam oppoq orzularingiz, Tangri in`om etgan nurli, bokira hayotingizning bir imrlik hadyasi bo`lgan muhabbatingiz:
Kumushbibi yozdim
30 javzo. 1265 yil. Marg`ilon.
Kategoriya: Ayriliq damlari | Joylashtirdi: Miss_Sitora_5757 (08-11-2007) | Автор: Sitora
O'qishlar soni: 4678 | Reyting: 0.0

JET Servis Хостинг от uCoz