15-01-2025, 10:34 PM
 
Xush kelibsiz, Mexmon · RSS
Portal menyusi
Satrlar kategoriyasi
Ayriliq damlari [44]
Dil izhori [23]
Muhabbat hikoyalari [2]
Kirish formasi
Portal do'stlari
So'rovnoma
Portalimizda sizga qaysi sahifa ko'proq yoqadi
Jami javoblar: 889
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 Qalb satrlari
Bosh sahifa » Qalb satrlari » Ayriliq damlari

Meni unut dedingiz...
Siz menga “Meni unut!” dedingiz. “hech qachon sizni eslamayman”, deya so’z bergandim sizga. Lekin va’damning ustidan chiqa olmadim. Sizni bir zumga bo’lsa-da, yodimdan chiqarolmadim. Sizni deya tunlar zor-zor yig’ladim. Hatto ko’zlarimda yosh qolmaguncha yig’lardim sizni deb. Mana, yig’lashni ham bas qildim. Endi o’zgalarga kulib qaraydigan bo’ldim. Biroq qalbim hamon yig’laydi. Qalbim shunchalar huvillab qolganki, unga na bir shirin so’z, na o’zganing bir iliq tafti davo bo’la oladi. Unga faqat birgina darmon bor. U ham bo’lsa siz rad etgan tuyg’ulardir. Ha, zor ko’nglimni rad etdingiz, hatto meni sevsangiz-da. Buni aytmasangiz ham bilardim. Bir og’iz so’z demasangizda, ko’zlaringizdan o’qigandim sevishingizni, mensiz yashay olmasligingizni. Shunday bo’lsa-da, meni ayadingiz. Nachora, mana, yashayapman sizsiz armonlarga bag’rimni berib. Siz-chi? Qanday yashayapsiz? Bilaman, meni unutmagansiz. Shunday bo’lsa-da, yonimga ham kelolmaysiz. Ahir, bu taqdirni o’zingiz tanladingiz-ku. Nima bo’lganda ham men sizni hech qachon unutmayman. To’g’ri, sizsiz yashashga qiynalyapman. Biroq sizni butunlay unutib yashash undanda qiyin. Hammasi uchun meni kechiring.
Kategoriya: Ayriliq damlari | Joylashtirdi: Sunbula_ (26-05-2007) | Автор: S
O'qishlar soni: 2496 | Reyting: 0.0

JET Servis Хостинг от uCoz