29-01-2025, 0:15 AM
 
Xush kelibsiz, Mexmon · RSS
Portal menyusi
Satrlar kategoriyasi
Ayriliq damlari [44]
Dil izhori [23]
Muhabbat hikoyalari [2]
Kirish formasi
Portal do'stlari
So'rovnoma
Romantika deganda nimani tushunasiz?
Jami javoblar: 656
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
Zakat(34)
 Qalb satrlari
Bosh sahifa » Qalb satrlari » Ayriliq damlari

Diydor qiyomatga qoldi...
Muhabbat olamining mungli ertagida bir kun o’z hayollarim, hotiralarim va sevgim bilan yolg’iz qoldim. Balki sizdagi menga bo’lgan ishq ham, sizning yuragingizda… Yo’q, yo’q, nimalar deyapman o’zi! Ahir, ishq ruhingizga singib, yuragingiz sizni tark etganku… Bu ne sinoat, taqdir meni umrbod ayriliqqa duchor aylasa? Mangu hijron, umidsiz qalb va adog’I yo’q sog’inch… Bularning bari mening qalbimda mujassam. Go’hida sizni shunchalar sog’inamanki, yurak-bag’rim tilka-pora bo’ladi. Beg’ubor tabassumingizni yodga olsam, dilim og’rinadi. Hotiralarimga yashirinib olgan nigohingiz meni sira tinch qo’ymaydi. Shirin otmish o’sha chehra, o’sha tabassumni, hayajondan dir-dir titrayotgan qalblarni yodga soladi. Ana shunday paytlarda O’LIM degan so’zdan shunchalar nafratlanamanki… “Seni to so’nggi nafasimgacha sevaman” deb bitgan nomangiz yodimda. Evoh, o’shanda sizning samimiy ishqnomangiz ustidan kulgan edim. Bu menga hamma og’iz uchida aytadigan oddiy sevgi izhori bo’lib tuyulgandi. Sizni haq ekanligingizni esa so’nggi nafasda ham mening ismimni takrorlaganingizda bildim… Bu shunchalik ayanchli ediki! Ha, biz bir-birimizga hiyonat qilmagan holda bir umrga ayrildik. Diydor esa qiyomatga qoldi!...
Kategoriya: Ayriliq damlari | Joylashtirdi: Sunbula_ (07-04-2007) | Автор: S
O'qishlar soni: 2837 | Reyting: 0.0

JET Servis Хостинг от uCoz