Hayr, azizim, alvido, muhabbatim!...
Men sizni yana uchratdim. Ammo… sizning yonigizda jajjigina qizaloq bor edi. Ha, bu sizning qizalog’ingiz. Ko’zlarimiz to’qnashdi… Siz mendan ko’zlaringizni olib qochdingiz. Men bo’lsam sizdan ko’zlarimni uzolmasdim. Qalbimning tub-tubida uhlab yotgan eng pok tuyg’ularim uyg’ondi va isyon ko’tardi. Chiday olmadim… Sizning yoningizga bordim. Salomlashdim. Siz menga sovuqqina nigohlaringizni tikdingiz. Yuragim pora-pora bo’ldi. Nahot… nahot endi men sizga begonaman. Qani o`sha mehr-muhabbatga to’la ko’zlar… qani… Hayrlashdik. Siz qizalog’ingizni yetaklab borardingiz. Men bo’lsan sizning ortingizdan uzoq tikilganimcha qarab qoldim. Go’yo o’z qayg’ularim bilan vidolashayotgandek… Hayr, azizim, alvido, muhabbatim!...
|
Kategoriya: Ayriliq damlari | Joylashtirdi: Sunbula_ (21-03-2007)
| Автор: Sunbula Axmedova
|
O'qishlar soni: 2519
| Reyting: 0.0
|