Bilaman siz endi menga butkul begonasiz. BEGONA! Bu soz’ni aytish men uchun naqadar og’irligini bilsangiz edi. Ammo ne qilayki sizni shunday atashga majburman… Sizni bir lahza ko’rmasam yuragim pora-pora bo’lib ketadi. Uzoqdan nigoh tashlash umidida yo’lingizda termulib turar edim. Kechalari bedor o’tirib oy bilan hasratlashganlarimni, yulduzlarga ishqdan soz’laganimni bilmaysiz. Eh azizim... sizni qanchalar sevishimni tasavvur ham qilmaysiz. Siz bularni payqamadingiz. Nigohlarimdan otashin muhabbatimni his etmadingiz. Uzr! Sizga tana qilishni istamayman. Ayblashga haqqim ham yo’q. Ajablanarlisi shuncha azob, sitamlar uchun minnatdorman. Zero, siz tufayli muhabbatning totli va achchiq iztiroblarini, dilni allalaydigan qayg’ularini his etdim. Siz qalbimga kirib keldingizu hayotim ostun – ustun bo’lib ketdi go’yo. Lek ne qilay, shunday bo’lsada sizni sevaman azizim...
|
Kategoriya: Ayriliq damlari | Joylashtirdi: Sunbula_ (13-03-2007)
| Автор: Sunbula Axmedova
|
O'qishlar soni: 2433
| Reyting: 0.0
|