Go’zal yurtim vatanim
Senga jo mening qalbim
Tuprog’ing to’tiyo ko’zga
Erkinlik berding bizga
O’zing mening oshyonim
Tinchlik bo’laversin doim
Senda yashash baxtini
Berdi menga xudoyim
Eng go’zal yorqin onlar
Vatandadir yoronlar
Yashab qoling baxt bilan
Dilda ezgu axd bilan
Berilur umr bir marta
Yashang aziz vatanda
Pul uchun ketib chetga
Qaytmang qora kafanda
Bobomiz Boburni ham
O’tar umri istab diydor
Kechalari uxlolmas
Vatanni qumsab bedor
Yurtidan kelgan qovunni
Olarkan qo’lga shu choq
Ko’zidan tomar yoshlar
Misoli shoda munchoq
Vatan uchun tarixda
To’kilgan qancha qonlar
Halok bo’lgan u uchun
Qanchadan qancha jonlar.
Bugun yashab tinch omon
Rangimiz emas somon
Unga bitib she’r doston
Asraylik bo’lib posbon
|