Bilmadim yetarmi bardoshim,
Sog’inchni ozori qiynaydi,
Men bunda qon yutib yashayman,
U go’zal buni hech bilmaydi,
Yo’liga jonimdan poyondoz,
To’shayman nazarga ilmaydi,
Jon o’rtanar poyida ,
U go’zal buni hech bilmaydi,
Tunlarday qorong’u ko’ksimda,
Yuragim ichimni tirnaydi,
Tunlarim uyqusiz uni deb,
U go’zal buni hech bilmaydi.
Quvonchim shodligim bir o’zi,
Ko’zlarim bir uni izlaydi,
Ko’zlarim kuladi kulganda ko’zi,
U go’zal buni hech bilmaydi,
Sezmaydi soyaga aylanib ,
Vujudim ortidan qolmaydi,
Qolganman men ipsiz bog’lanib.
U go’zal buni hech bilmaydi
|