Qir qo'ynida bahorni kutib,
Ochilmasdan so'lgan lolalar.
Ketmasmikin uvoli tutib?
Tug'ilmasdan o'lgan bolalar.
Kimdur yurar bir tirnoqqa zor,
Yurak chekar alam va ozor,
Ularga yo'q hattoki mozor,
Tug'ilmasdan o'lgan bolalar.
Nechasini bo'ldim guvohi,
Osmondan ham baland gunohi,
O'ylab topgan qaysi do'zoxi?!
Tug'ilmasdan o'lgan bolalar.
|