Kelin-kuyov bahtli, tahtli bo'lsin deya, Niyat qilib chimildiqni
bezatdilar. Sho'x yangalar o'lanlar-u yor-yor aytib, Sevganimni begonaga
uzatdilar.
Taqdir menga buncha bag'ritosh keldi, Ko'zim kular
yuragimdan yosh keldi, Yor deganim o'zgaga yo'ldish endi, Sevganimni
begonaga uzatdilar.
Qayda xato o'tdi mendan bilolmadim, Yuragimni
hanjar bilan tilolmadim, To'yga borib unga baht ham tilolmadim, Sevganimni
begonaga uzatdilar.
Ikkita qilolmadi ota so'zini, Bevafo deb atamasman
hecham uni, Yoqtirganim yomg'ir mayda yoqqan kuni, Sevganimni begonaga
uzatdilar.
Kelin-kuyov bahtli, tahtli bo'lsin deya, Sevganimni o'zga
uyga kuzatdim men. Taqdirga tan ne ham qilardim, Yuragimni armonlarga
uzatdim men.
|