Seshanba, 11:13 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
Bizning portal haqida qayerdan bildingiz?
Jami javoblar: 552
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2016 » Iyun » 13 » Qishloqi qiz
Qishloqi qiz

Sochpopuklar joy olarmi boshlaringdan,
Qalam, o’sma tushmaydimi qoshlaringdan
Ming o’rgilay, oh ,o’n olti yoshlaringdan,
Ikkimiz ham qishloqimiz, qishloqi qiz!

Yasha xurram , boshchi bo’lib gulyuzlarga,
Tunga oy-u, quyosh bo’lib kunduzlarga,
Sen ham mendek oshiqmassan yulduzlarga,
Ikkimiz ham qishloqimiz, qishloqi qiz!

Iforlaring atirgulmi, rayhonmidi?
Jodu ko’zing  gavharmi yo jayronmidi?
Shirin tiling kamdek yana biyronmidi?
Ikkimiz ham qishloqimiz, qishloqi qiz!

Haridorman buloqday sof dillaringga,
Yomg’ir yog’sa, ko’ksim to’shay yo’llaringga,
Yuragimni yulib beray qo’llaringga,
Ikkimiz ham qishloqimiz, qishloqi qiz!

Tuzog’imga tushiraman, qushim, seni,
Eng soddadil deya topdi hushim seni,
O’zim ham bir chapaniman , tushun meni,
Ikkimiz ham qishloqimiz, qishloqi qiz!

Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 2399 | Yubordi: Jaloliddin Umar | Joylashtirdi: JET | Reyting: 5.0
JET Servis Хостинг от uCoz