Kunlarni tunlarga ulab kutganim
Kechalari intizor yig'lab kutganim
Dardlarim shamolga so'ylab kutganim
Unutganimda qaytmang endi iltimos
Bir vaqtlar tushunmasdim mos emasligim
Sevgini ko'zlari ko'r ekan bildim
Shahzodam emassiz shuni tushundim
Unutganimda qaytmang endi iltimos
Ko'zlarim yumganda sizni ko'rardim
Ollohimdan sog'ligingiz har on so'rardim
O'zga qizga boqsangiz dod faryod urardim
Endi unutganimda qaytmang iltimos
Sizdan o'zga ko'rinmasdi bu ko'zlarimga
Endi qancha zorlar bordur so'zlarimga
Endi siz ham tikilasiz yo'llarimga
Samolarga uchgan sevgim qaytmang iltimos
Aytdingiz sensiz yasholmayman deb
Seni sog'inishni tashlolmayman deb
Bir kuni sog'inishni albat tashlaysiz
Mensiz yashagansiz yana yashaysiz
|