Kunlar o’tdi, oylar o’tdi
Issiq yoz ham tashlab ketdi
Kelibon ayozli qish
Dalada to’xtadi ish
Yerlar bo’lgandi shudgor
Kuzdan qoldi bir yodgor
Go’zal zangori barglar
Bizga kuzni eslatar
Hozir hokim johil qish
Boshga keltirar tashvish
Osmon yig’lar zoru-zor
Yerlar bo’ldi oppoq qor
Oppoq bo’ldi chor tomon
Lek qor yog’ardi hamon
Oxir ovunib osmon
To’xtadi qorli bo’ron
Tinchlikka cho’mdi borliq
Qish cho’zilmasday ortiq
Lek oldinda bor bir oy
So’ng gullar ochar chiroy
Qorlar erib bitadi
Qish oxirga yetadi
Jildirab oqib soylar
Qushlar jo’r bo’lib kuylar
Qancha cho’zilmasin qish
Ko’klam albat keladi
Dalada boshlanib ish
Navro’z sasi yeladi.
|