Meni o'ylab doim sarson
Menga xayot bergan inson
Salom aziz mexribonim
Bibi Maxtob Onajonim
Omonmisiz bormisiz?
Xaliyam bedormisiz?
Zor ko'nglimga darmonim
Mehri oftob Onajonim
Men uzoqda xizmatda
Sizchi – xanuz zaxmatda
Joni xalak qurbonim
Qalbi xunob Onajonim
Men xam endi ota bo'ldim
Juft yo'qotdim ona bo'ldim
Endi ko'rdim Xonu monim
Bolamni deb Onajonim
Xar tuqqan xam Ona emas
Nelar ko'rdim-Yer ko'tarmas
Bir bolamas, ikki emas
Uch boladan;- kechgan nokas
«Ona» kurdim Onajonim.
Siz dunyoda eng oliysiz
Madadkorsiz iloxiysiz
Sizga shukur xokisorim
Bag'ri Osmon Onajonim!
|