Payshanba, 2:47 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
She'r bilan sevgi orasida bog'liqlik bormi?
Jami javoblar: 792
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 4
Mexmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2013 » Dekabr » 4 » Ona
Ona
Ona diydoringiz naqadar yaxshi,
Ona so'zlaringiz biram yoqimli.
Mexr quyoshingiz olamning naqshi,
Men sizla baxtliman judayam baxtli.

G'am emas erishib bo'lmas orzular,
Meni sevmasalar qilmaydi alam.
Dilimni cho'ktira olmaydi bular,
Axir mexribonim yonimda onam.

Qancha mexr mavjud menda bilmayman,
Ammo bilganim shu bari siz uchun.
Men sizni xammadan yaxshi ko'raman,
Bundan ortig'iga yetmaydi kuchim.

Men qancha qilsam xam xizmatingizni,
Qarzimni uzmoqqa yetmas hayotim.
Adog'i ko'rinmas ximmatingizni,
Siz mening borlig'im, sizsiz bayotim...

Sizni ta'riflashga ojiz tilimdan,
She'r bo'lib qog'ozga uchdi shu so'zlar.
Men faqat hohlayman shuni dilimdan,
Xamisha sevinsin sizdagi ko'zlar.

Sizni tarbiyangiz bizga bo'lgan jo,
Sizni duoyingiz madadkor doim.
Takror qilayapman sendan iltijo,
Onamni panohda asra xudoim.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1870 | Yubordi: Azizbek | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz