Har qanday kun o'tib ketadi,
Nigohlarim ko'klarga yetadi,
Har bir onim baxtli etadi
Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.
Jarohatu dardimga davo
Ushbu ko'zlar, umrimga ma'no,
Jannatlardan bersin nur mavo,
Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.
Ozor berib qildim ko'p gunoh,
Yoshlik qilib ko'p bo'ldim gumrox,
Hayotimga malakdek hamrox
Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.
Sizdek hech kim berolmas vafo,
Men-chi faqat beroldim jafo,
Hali mendan ko'rasiz safo,
Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.
Siz deb ursin vujudda yurak,
Menga boshqa yana ne kerak!
Bittagina bebaho tilak!
Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.
Sizlar menga armug'on doim,
Panohingda asra Xudoyim,
Qo'lim ochib, yangrar duoyim:
Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.
Bo'laman ha, albat oriyat,
Sizga hamroh bo'lsin ofiyat,
Har on bo'lar dilda bir niyat:
Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.
Sizsiz mening abadiy taxtim,
Bu so'z mening buzilmas axdim,
Har lahzaki bud bo'lar baxtim
(Faqat mana shu mening baxtim)
Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.
|