Dunyoviy ishqlardan qo'limni siltab,
Ko'nglimni berganman eng buyuk ishqqa.
Har kimsa yo'limdan chuqur qazisa,
Men kimga suyangum Ollohdan boshqa.
Pul uchun vijdonni tinmay sotsalar,
Joy kelsa Shaytonning yo'lin tutsalar,
Va yana O'zidan shafqat kutsalar,
Men kimga suyangum Ollohdan boshqa.
Ishongan insonim g'alamis chiqsa,
Kutmagan xiyonat chayondek chaqsa.
Hatto Oy osmondan beparvo boqsa,
Men kimga suyangum Ollohdan boshqa.
Bozorlar to'ldi-ku ayolga butun,
Ayrimi bulg'agan tuproqqa otin.
Hayo tark etsa gar ayolning betin,
Men kimga suyangum Ollohdan boshqa.
Barini yozishga ojizdir qalam,
Hammani baralla ayblamayman ham.
Faqat "U" berguvchi yurakka malham,
Men kimga suyangum Ollohdan boshqa.
|