Payshanba, 4:06 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
She'r bilan sevgi orasida bog'liqlik bormi?
Jami javoblar: 792
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2015 » Avgust » 18 » Ishq yulduzi
Ishq yulduzi

Izlab izlab uchratdim men bir qizni,
Sochi sumbul g’uncha labi qirmizni.
Bunday go’zal ko’rmagandim ilgari,
Qosh ko’zlari misli ohu singari.

Kipriklari nashtardayin sanchilar,
Uni ko’rgan yigitlar ishq dardida yanchilar
Kunlar sayin ko’ngil unga bog’lanar.
Yurak sirin ochishga xo’p chog’lanar.
Oxir sevgim izhor qildim sanamga
Yuzlari gul, qoshlari qora qalamga
Bir lahzada yumib qo’ydi tilimni
Vayron qildi tog’lar qadar dilimni
Otar bo’ldi so’zlarini beayov,
Qarshisida dog’da qolar yovuz yov.
Suzin tinglab bo’ldi yuragim tilka.
Do’stlarim ham tutmas bo’ldilar yelka.
Endi boshimni uray aytinglar qay bir toshga
Bormu bundan ortiq kulfat do’stlar axir bu boshga
Yig’lar bo’lsam kaftlarim
To’lar bo’ldi-ku yoshga,
O’xshataman o’zimni so’nayotgan quyoshga!
Endi halovati bor na kecha na kundizim,
Uyg’onmas bo’lib so’ndi mening sevgi yulduzim!!!

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 3221 | Yubordi: Bexruzbek Tolibjonov | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz