Payshanba, 11:04 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
Bizning portal haqida qayerdan bildingiz?
Jami javoblar: 552
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2013 » Mart » 24 » Gunoxim ne ayting menga onajon
Gunoxim ne ayting menga onajon
Shoir bo’lib tug’ilganim aybimmi
Yoki o’zim yo’qottimmi qadrimni
Nega xechkim tushunmaydi qalbimni
Gunoxim ne ayting menga onajon.

Ko’zyoshlarim yuzim yuvsa alamdan
Dardmand bo’lgan kechaymi shu qalamdan
Osmon yig’lar ox chekkanda nolamdan
Gunoxim ne ayting menga onajon.

Nega baxtga to’lib bir on yasholmayman
Bu g’amlarning ko’chasidan qocholmayman
Egnimdagi dard matoni yecholmayman
Gunoxim ne ayting menga onajon.

Ashorlarim yig’lab yozdim chidolmayin
Noxaqlikka ko’zim yumib ketolmayin
Dilim kuydi sinovlardan o’tolmayin
Gunoxim ne ayting menga onajon.

Kuyib borar kundan kunga yurak bag’ir
Bilolmayman ne ayb o’tti mendan axir
Ichgan suvim tamog’imdan o’tmas taxir
Gunoxim ne ayting menga onajon.

Kechiring gar bilib bilmay yozgan bo’lsam
San’atni deb men aqildan ozgan bo’lsam
Kim yo’qlaydi so’ngi damda agar o’lsam
Gunoxim ne ayting menga onajon.
Kategoriya: Turli hil mavzular | O'qishlar soni: 1943 | Yubordi: Mohidil Egamova | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz