Seni har on sog'inaverib, Yurak bag'rim ezilib ketdi. Tanasiga ismimiz
yozgan, Chinorimiz kesilib ketdi.
Taqdir menda bormidi
qasding, Sharob emas sarob tutqazding, Yiroq qilding sevgilim
vaslin, Yetisha olmasman sezilib ketdi.
Kuch qolmadi
bilagimdagi, Begonadur tilagimdagi, Hastalangan yuragimdagi, Sevgi ipi
uzilib ketdi.
Yodingdami yozgan she'rlarim, Faqat senga aytgan
sirlarim, Qizg'aldoqqa to'lgan qirlarim, Qizg'aldoqlar ezilib
ketdi.
Bevafosan va lekin go'zal, Bahting bo'lsin husningdan
go'zal, Muhabbatdan qurgan Toj-Mahal, Qasrlarim buzilib ketdi.
Seni
har on sog'inaverib, Yurak bag'rim ezilib ketdi. "SH+Z" deb o'yib
yozganim, Chinorlar ham kesilib ketdi.
|