Endi darddan ham ko'zim quvonch sezar,
Yuragim bo'lsa faqat baxtda kezar,
G'am chekmayman men aslo bu hayotda
Chunki, qayg'uyim ota-onam ezar.
Yashashga bir kun toqat qolmasa ham,
O'sha kunda ham qilaman bazm, bayram,
Baxtli hayotdan kimsa mahrum qilolmas,
Ota-onam deb yashay boshqaga dam.
Quvonchimdan gar quvonsa ming kulay,
Dardingiz olay, o'rniga baxt bo'lay,
Cho'qqilardanda, oq bulutlardanda
Qulasam onam, poyingizga qulay.
Sevgan do'stlarim xiyonatin kechay,
Dushmanlarimning muammosin yechay,
Bag'rim qanchalar qizil qon bo'lmasin
Bari unutdir, otam sizni quchay.
|