Payshanba, 1:33 AM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
Portalimizda sizga qaysi sahifa ko'proq yoqadi
Jami javoblar: 889
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2015 » Dekabr » 24 » Ayrildik-da
Ayrildik-da

Taqdirimiz juda-juda qiziq bo'ldi,
Oramizda qalin qora chiziq bo'ldi,
Izlarimiz qayrildilar, uziq bo'ldi,
Endi bizlar ayrildikmi?
- Ayrildik-da!

Uzangancha qolib ketdi kalta qo'lim,
Otam rozi bo'lmadi deb alda gulim,
Shu aldoving yuragimga dalda gulim,
Endi bizlar ayrildikmi?
- Ayrildik-da!

Qaldirg'ochqosh terildiyu kamon bo'ldi,
Soch oqardi, rangim esa somon bo'ldi,
Yomon bo'ldi! Yomon bo'ldi!! Yomon bo'ldi!!!
Endi bizlar ayrildikmi?
- Ayrildik-da!

Tushlarimda sevgimizga qabr qildim,
Bu tushimni men teskari ta'bir qildim,
Sabr qildim, yuragimga jabr qildim,
Endi bizlar ayrildikmi?
- Ayrildik-da!

Muhabbatim - ochilmayin qolgan g'uncha,
Bemehrning dastidan dod solgan g'uncha,
Yolg'on-yolg'on sug'orishdan so'lgan g'uncha,
Endi bizlar ayrildikmi?
- Ayrildik-da!

Nima derdim peshonaga yozgan Xudo,
Taqdir ekan bo'lmoqligim sendan judo,
Baxtli bo'lgin, ko'rishmasak, abad alvido,
Endi bizlar ayrildikmi?
- Ayrildik-da!

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 2309 | Yubordi: Shokir Yo'ldosh | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz