Chorshanba, 8:43 PM
 
Приветствую Вас, Mexmon · RSS
portal menyusi
Mavzular bo'limi
Do'stlik [30]
Sevgi muhabbat [455]
Tabiat [10]
Kulgili va qiziqarli [17]
Qo'shiq matni [55]
Turli hil mavzular [128]
SMSKALAR [157]
Buyuklar sevgi haqida [21]
Kirish formasi
portal do'stlari
So'rovnoma
Bizning portal haqida qayerdan bildingiz?
Jami javoblar: 552
Statistika
eXTReMe Tracker

Hozirda on-line: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0


Tavallud ayyom muborak:
 
MTS Perfectum Mobile Beeline Uzmobile
Bosh sahifa » 2009 » Iyun » 20 » Armonli muhabbat
Armonli muhabbat
Sizni ko’rganim zahot, yurak to’xtadi,
Ovozingiz eshitib, qalbim titradi,
Nigohingiz rom etib, dilim boyladi,
Ammo, ko’nglim hislarini bilmadingiz, hech.

Sizni ko’rganimda, qalbim quvnardi,
Sizni eslashim zahot, dilim yashnardi,
Yulduzlar ko’ngil ohlarim tinglardi,
Ammo, qalbim tug’yonlarin bilmadingiz, hech.

Sizni ismingiz ila tonglar otardi,
Tunlarda oy sirdoshim bo’lardi,
Yomg’irlar dil yoshlarim bo’lardi,
Ammo, yurak iztiroblarim bilmadingiz, hech.

Sizni sog’inib, sanoqsiz kunlar o’tardi,
Xayollarim zanjirband, samoda kezardi,
Cheksiz nolalarim falakni ezardi,
Ammo, bag’rim sitamlarin bilmadingiz, hech.

Sizni qalb bog’larimda, sevgim kutardi,
Telba yurakkinam, sabrsiz qo’msardi,
Armonlarim meni ayamay yutardi,
Ammo, dilim nolalarin bilmadingiz, hech.

Sizni uzun, dardli she’rlarim sevardi,
Suratingizga ko’ngilginam gohida ko’nardi,
Gohida chidolmay, isyon qilardi,
Ammo, ko’ksimdagi azoblarni bilmadingiz, hech.

Sizni unutishimni dilim yolborib so’rardi,
Alamlarim ko’ksimga xanjarlar urardi,
Gohida oyning menga rahmi kelardi,
Ammo, yuragim ohlarin bilmadingiz, hech.

Charchadim, boshqa yurak o’rtashga qolmadi holim,
Bedor tunlarni o’tkazishga yo’qdir madorim,
Najotsiz, chorasiz kutishga yetmaydi sabrim,
Endi, nimayam qilardim, alvido, alvido azizim!

Kategoriya: Sevgi muhabbat | O'qishlar soni: 3250 | Yubordi: Zakat | Joylashtirdi: JET | Reyting: 0.0
JET Servis Хостинг от uCoz