Boqib xumor ko’zlarimga, Lola yanglig’ yuzlarimga, Uchib shirin so’zlarimga, “Sevadi” deb o’ylasangiz ?! So’zlasam gar muhabbatdan, Visol degan shirin baxtdan, Nahot meni shul sababdan, “Sevadi” deb o’ylasangiz ?! Mehr to’la nigohimdan, Uzoq xayol surishimdan, Dardli she’rlar yozishimdan, “Sevadi” deb o’ylasangiz ?! Yulduzlarni suyishimdan, Ko’kka ohlar urishimdan, Nigohingiz izlashimdan, “Sevadi” deb o’ylasangiz?! O’ylaringiz to’g’ri ekan, aytayin, Hislarim ko’zlarimda ekan, aytayin, Yuragingiz o’g’ri ekan, netayin, Sizni sevaman chindan, aytayin.
|