Ertaga... qaytarman Bilaman! Ishqimda zoriqib kelasiz. Kutaman... Intiqib paytlardan Hijronda toliqib kelasiz. Kutaman... O'tmoqda bu yillar, Bugunlar qatiga yashirinib, Umidda notovon ko'ngillar Bugundan ketolmas og'rinib. Yig'lashni boshlaydi ko'zlarim, Yo'q! deyman, -yig'lashga hojat yo'q, Kiprigim oladi simirib, Bugundan... ertaga navbat yo'q. Ertaga... Qaytarman U paytlar... Sochimda o'ynaydi zangor nur, Kutaman... Ertaga... u qaytar, Bugun-chi? Sochimda oppoq dur. To'kilib ketmoqda kaftimdan Ertaga eltguvchi duolar. Dol kabi munkaygan kaftimda , Bugunlar qoldirgan hatolar. Ertaga... Qaytarman Bilaman! Vaslimga ichikib kelasiz Kutaman... Ertaga ehtimol... Ertaga kechikib kelasiz!
|