Tavakkal Qodirov - O'xshaydiku | 10:22 PM |
Haziniy g’azali
O‘ylasam, ul dilbarim makkorga o‘xshaydi-ku, Rahmi yo‘q bir bevafo dildorga o‘xshaydi-ku.
Ul kuni gulgun niqobini ochub, man xastani Ishqidin bo‘ynimga solgan torga o‘xshaydi-ku.
To bu dam olmas xabar, bo‘ldi yuraklar chok-chok, Sho‘xi zolim xiyla dilozorga o‘xshaydi-ku.
Nargisi aylar muruvvat, desa, qo‘ymas ko‘zlari, Xanjari mujgonlari xunxorga o‘xshaydi-ku.
O‘zicha qilmas manga muncha jafoyu jabrni, Anga o‘rgatgan magar ag‘yorga o‘xshaydi-ku.
Ey Nihon, qilding tavallo necha yo‘llar, kelmadi, San kabi bechoradin bezorga o‘xshaydi-ku.
|
Kategoriya: Qo'shiq matni |
O'qishlar soni: 4566 | Yubordi: Mansurjon |
Joylashtirdi: JET
| Reyting: 5.0
|