Denglar | 10:39 PM |
So'roqlasa meni Do'stlar, O'lgani yo'q hamon, denglar. Yonib turgan o't ichidan, Chiqajakdir omon, denglar. Qo'lida aslo-langari, Misli nayzaboz janggari Otlandi katta jang sari, Qaddi o'qlig'kamon denglar. Dushman kuchli, bo'lmas taslim, U-ashaddiy zolim nafsim, Hamla qilsa, kelur bas kim? Yovning shaxti yomon, denglar Hujum etsa, jadallab nafas, Vujud mulkin egallab nafas, Minsa meni egarlab nafas, Bo'libdi har, hayvon, denglar. Keldi elchi, dedi filhon: "Jang-jadal bas, endi bil hol, Nafas Bilan yarash, telba chol!" Ul elchini shayton denglar, Yarash emish! Bunda ne sir? G'arazidir qilmoq asir, Men qul bo'lsam, nafasim amir, Qo'pti oxir zamon, denglar! Nafas bir taraf men bir taraf, Madad bergil, yo Rab! Olishuvda yengsam sharaf, Ofarin qahramon denglar. Bergayman shum nafas jazosin, Topib savob-ruh g'izosin, Qozonsam Alloh rizosin, Shunda meni Inson, denglar.
|
Kategoriya: Turli hil mavzular |
O'qishlar soni: 2508 | Yubordi: Mansurjon |
Joylashtirdi: JET
| Reyting: 5.0
|