Sizga atadim | 2:13 PM |
Men bor-yo’g’imni sizga atadim Parvo qilmadingiz, kuydim oqibat. Otashin sevgimni kuzga atadim, Hazonlar sevgimdan orttirdilar dard. Ikkala qo’limni falakka cho’zib, So’radim qaytsin deb-sizni Hudodan Bo’ronlar ketdilar qo’limni uzib, Go’yo asradilar, mudhish hatodan. Otashin olovdan jizg’anak yurak Kuyadi, o’zimga qilmayin shavqat, Hech narsam qolmadi, tugadi bari, Faqat qolgan narsam zig’ircha toqat. Daydi shamollarning diydasi qattiq. Ular-da qilmaydi menga hech rahm, O’lganman, jonim yo’q allaqachonlar Faqat kezib yurar darbadar ruhim.
|
Kategoriya: Sevgi muhabbat |
O'qishlar soni: 2403 | |
Joylashtirdi: Miss_Sitora_5757
| Reyting: 0.0
|