Yulduzlarga qarab o'tirarman jim Qorong'u tun va oy shulasida Yurakda dardim ko'zimda yoshim Men seni bugun juda sog'indim Bilaman so'zlarim emas shoirona Lekin ishon jonim olar yurakdan Nahot sevgini yaratgan tangrim Dard, azob va uqubatdan So'zlarimga quloq solmas ko'zlarim Seni izlab yana yulduzlarga qaradim Yulduzlar hira ko'rinar chunki ko'zimda yoshim Nega yonimda yo'q mening sevgi muhabbatim Taqdir uchrashtirdi bizni ayirmoq uchunmi? Yoki sevgi azobin ko'rsatmoq uchun Sinov dunyoda sinalarmiz biz Lekin haqiqatdir bizning sevishimiz Yurakda dardim ko'zimda yoshim O'tirarman jim yana men yolg'iz o'zim.
Ko'rsatilgan yordam uchun Jasminga minnatdorchilik bildirib qolamiz.
|