Oyoqlarimni majburlab qadam tashlab ketyapman, Yurakka qarshi borib, seni tashab ketyapman, Iltimos, yig’lamagin, taqdirimiz bir emas, Nima qilay, ikki qalb ko’zin yoshlab ketyapman. Hech ushalmas armonning qo’lin ushlab ketyapman, Yuragimni cheksiz bo’shliq tomon boshlab ketyapman. Mendan also ranjimagin, ey gul yuzli farishtam, Shu ketishda g’animlarning ko’nglin xushlab keyapman. Ko'rsatilgan yordam uchun Baxtiyorga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Agar siz ham o'z ijod namunalaringizni bizning portalimizga joylashtirishni istasangiz, "Ilhom chashmalari" sahifasi orqali bizga yo'llang!
|